SHUKRONA TURKIYAGA BORADI

Joriy yilning sentyabr oyida Farg‘ona viloyatida mental arifmetika bo‘yicha o‘tkazilgan respublika olimpiadasida “D” kategoriya (bir xonali sonlarni ikki va uch xonali sonlarga ko‘paytirish) bo‘yicha ishtirok etgan Norin tumanidagi 40-umumta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi Shukrona Xudoyberdiyeva galdagi bellashuv uchun 2 - 3-no­yabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkaziladigan xalqaro olimpiadaga boradi. Jajji matematik hozirda 7 yoshda. Mental arifmetika bilan bir yildan bu­yon shug‘ullanadi. Bundan tashqari, she’r yozish, rasm chizish, to‘qish qizaloqning eng sevimli mashg‘ulotlari ro‘yhatidan joy olgan.

Chamanoy ISROILOVA