Qalbi quyoshlarga ta’zim

Ustoz kichkinagina qadamlarimizni katta maqsadlar sari chorlagan inson, birgina xarf bilan butun dunyoni egallashdek siru-sinoatni qalbimizga joylagan ziyo egasi. Unda mehr bisyor, muhabbat limmo-lim. Qancha injiqligu-sho‘xliklarimizni tabassum bilan yenga olgan va bizni katta hayot tomon ilhomlantirgan mayoqdir muallim.
Ilm maskanimizda ana shunday buyuk qalb egalarining kasb bayrami munosabati bilan katta shodiyona tashkil etdik. Unda tengdoshlarimiz she’r, qo‘shiqlar guldastasi, dilbar taronalar bilan ustozlarimizni xushnud etdilar. 9-“A” sinf o‘quvchilari Islomjon O‘lmasov, Mohichehra Turg‘unova, Nozima Rustamjonova kabi o‘quv­chi-yoshlarning tabriklarida chinakam ustoz-shogirdlik, mehr-oqibat, havas tuyg‘ulari akslandi. Ko‘zlari yonib turgan kelajak egalarining yuraklarida ustoz bo‘lishdek shirin orzu paydo bo‘ldi.

Shodiya SOTVOLDIYEVA,
Namangan shahridagi 40-maxsus maktab-internatning 9-sinf o‘quvchisi