Xalqaro maydondan medallar bilan

2019-yil 24 - 29-sentyabr kunlari Rossiya­ning Anapa shahrida kikboksing bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida “World Cup Dia­mond” jahon kubogi” deb nomlangan xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
Bu nufuzli musobaqada viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli bolalar-o‘smirlar sport maktablarining tarbiyalanuv­chilari ishtirok etib, 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.
Turnirda 16 - 18 yosh toifasida 63 kg. vazn­da ishtirok etgan namanganlik Qobiljon Rahimov hamda 15 - 16 yosh toifasida 48 kg. vaznda bellashgan Chortoq tumanidagi 43-umumta’lim maktabining 9-sinf o’quvchisi Husniddin Shahobiddinov barcha raqiblarini yengib, oltin me­dal sohibiga aylandilar.
Namangan shahridagi 6-DIUMning 11-sinf o’quvchisi Normuhammad Rahmonberdiyev (15 - 16 yosh toifasida, 57 kg. vaznda) va Namangan tumanidagi 8-umumta’lim mak­tabining 3-sinf o’quvchisi Mubosher Muhammadov (10 - 12 yosh toifasida, 28 kg. vaznda) mos ravishda kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Uychilik Nodirbek Xudoyberdiyev esa kattalar o‘rtasidagi bellashuvlarni (19 - 35 yosh toifasida, 69 kg. vaznda) uchinchi o‘rin va bronza medali bilan yakunladi.

Elyor ABDULVOHIDOV