Yangi asar

Qissaga xos yana bir ma’qul jihat uning ilmiy­-fantastik janrga mansubligidir deyish mumkin. Negaki, bu xil asar o‘quvchiga faqat ma’naviy oziq bo‘libgina qolmay, unung ma’rifiy o‘sishiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qozoqboq Yo‘ldoshev, professor
“Galaktikada bir kun” – o‘zbek adabiyotida bolalar uchun yozilgan birinchi ilmiy-fantastik qissa. Muallif Sa’dullo Quronov asardagi ilmiy ma’lumotlar asosida tuzilgan quyidagi 8 ta savolga birinchi bo‘lib javob yo‘llagan 3 ta odamga yangi kitobidan sovg‘a qiladi.
1. 1977-yilda Yer haqidagi ma’lumotlar yozilgan oltin disk qaysi qurilma orqali koinotga uchirilgan?
2. Skafandrni fazoda ilk bor sinovdan o‘tkazgan fazogir kim?
3. Yerdan 16,8 yorug‘lik yili uzoqligida joylashgan yaqin yulduzning nomi nima?
4. Qaysi gaz Quyoshning asosiy yoqilg‘isi hi­soblanadi?
5. Chastotasi juda past bo‘lgani uchun inson qulog‘iga eshitilmaydigan tovushlar qaysi?
6. Qadimda bobolarimiz “Pahlavonning oyog‘i” deb atagan yulduz nomini toping?
7. “Ot boshi”, “Mushuk ko‘zi”, “Qumsoati” – bular qanday osmon jismlarining nomi?
8. Quyosh tizimidagi qaysi sayyorada “olmos yomg‘iri” kuzatiladi?
Javoblarni: quronov@gmail.com manziliga yo‘llang.