Tabiatning tashvishi

Yer yuzidagi odamlarga bir olam quvonch ulashishga harakat qiladigan tabiatning tashvishi ortib, borliqqa shikoyat qila boshlabdi. Insonlarga yaxshilik qilay, quvonch ulashay, deganim sayin ularni hech mamnun etolmayapman. O‘z vaqtida kuzni olib kelsam, “Eh, yoz qayoqqa g‘oyib bo‘ldi?” dedilar. Kuzning novvotday ne’matlarini pisand etmadilar.Yozda esa namuncha issiq bo‘lmasa, deb quyoshdan panaga yashirin­dilar. Bahor va qish haqida-ku, umuman, gapirmasam ham bo‘laveradi. Bahorning betakror gullari ochilib, bo‘y cho‘zgan pallada yomg‘iroyni ko‘ngliga ozor berdilar. Qish bo‘lsa ana shunday dilozorlikdan hamma yoqni muzlatib yubordi.
Bu gaplarni eshitgan borliq hech narsa deya olmabdi. Muammoga qanday ­yechim topish mumkinligi haqida bosh qotira boshlabdi. O‘ylab-o‘ylab, axiyri bitta yechimga kelibdi.
– Sen fasllaringdagi ne’matlarni kamaytir, toki ular qadrlamagan narsalarning uvolini his etsinlar. Yana shunday qilginki, fasllarning o‘rnilarini kechiktir. Shunday qilsang, balki, odamlar o‘zlarining xatolarini anglab yetardilar. Bularni eshitgan tabiat chindan ham yaxshi yechim degan xulosaga kelibdi.
O‘sha yili fasllar o‘z navbati bilan o‘rin almashmabdi. Ne’matlar juda kamayib ketibdi. Natijada har yili tonnalab meva beradigan bog‘larda atigi 3 - 4 tagina daraxtlar meva tugibdi. Yomg‘irning kam­ligi ekinlarga ta’sir qilibdi. Bog‘lar gullarning iforidan, kapa­laklarning raqsidan yashnamabdi. Hatto yozda ham quyosh bor mehrini yer yuziga ulashmabdi. Buni ko‘rgan odamlarning havotiri oshibdi. Avvaliga tabiatning injiqligi deb o‘yla­gan bo‘lsalar, keyin ko‘zlarining xatolari ekanini ang­lab yetibdilar. O‘sha kuniyoq astoydil kechirim so‘rabdilar. Tabiat esa odamlar bilan yana avvalgiday samimiy munosabatda davom eta boshlabdi.

Diyora MELIBOYEVA,
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 32-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi