TIL - MILLAT KO‘ZGUSI

TIL - MILLAT KO‘ZGUSI

Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi ''Bolalar dunyosi'' hamda "Murabbiy" gazetalari tahriririyati bilan hamkorlikda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan o‘quvchi-yoshlarning ona tili va adabiyoti fanlarini chuqur va mukammal o‘rganishlariga erishish, ularning bu boradagi bilimlarini yanada mustahkamlash va boyitish, shuningdek, o‘qituvchilarda ona tili va adabiyoti fanlarini yangicha yondashuvlar, ilg‘or pedagogik texnologiyalari asosida tashkil etishni rag‘batlantirish, multimedia vositalari va axborot kommunikasiya texnologiyalaridan samarali foydalanib, dars jarayonlarida zamonaviy usullarni qo‘llash borasidagi tashabbuskorligini oshirish maqsadida

TIL - MILLAT KO‘ZGUSI
TANLOVINI E’LON QILADI.

O‘quvchilar o‘rtasida tanlov she'riyat yo‘nalishida o‘tkazilib, unda viloyatimizdagi barcha
umumta'lim maktablari o‘quvchilari ona tilining boyligi, uning beqiyos imkoniyatlari, tilimizning sofligini asrash, uning ravnaqi yo‘lidagi sa'y-harakatlar tarannum etilgan she'rlar bilan ishtirok etishlari mumkin.
She'rlar hajmi 8 misradan kam bo‘lmasligi talab etiladi.
O‘qituvchilar esa, A4 hajmda 7 betdan oshmagan ko‘rgazmalar, multimedialar, axborot kommunikasiya vositalari asosida ijodiy va zamonaviy yondashuvlar asosidagi dars ishlanmasini tanlov hay'atiga taqdim etadilar.
She'rlar Namangan shahri, Boborahim Mashrab nomli ko‘cha, 6-uy, Bolalar dunyosi gazetasi tahririyatida, dars ishlanmalari Namangan shahri Navoiy nomli ko‘cha, 36-uy, Murabbiy gazetasi tahririyatida ishtirokchilarning aniq manzillari ko‘rsatilgan xolda 19 oktyabr kuni soat 16:00 ga qadar qabul qilinadi.

G‘oliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadilar:

O‘quvchilar o‘rtasidagi she'rlar tanlovida
1-o‘rin - noutbuk;
2-o‘rin - planshet;
3-o‘rin - velosiped.

O‘qituvchilarning dars ishlanmalari
1-o‘rin - noutbuk;
2-o‘rin - planshet;
3-o‘rin - kitoblar jamlanmasi.

G‘oliblarni taqdirlash 20 oktyabr kuni viloyat xalq ta'limi boshqarmasida o‘tkaziladi.

Tanlov hay'ati