Til - millat ko‘zgusi

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bag‘ishlab viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan “Bolalar dunyosi”’ hamda “Murabbiy” gazetalari tahriririyati bilan hamkorlikda o‘quvchi-yoshlarning ona tili va adabiyoti fanlarini chuqur va mukammal o‘rga­nishlariga erishish, ularning bu boradagi bilimlarini yanada mustahkamlash va boyitish, shuningdek, o‘qituvchilarda ona tili va adabiyoti fanlarini yangicha yondashuvlar, ilg‘or peda­gogik texnologiyalar asosida tashkil etishni rag‘batlanti­rish, multimedia vositalari va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanib, dars jarayonlarida zamonaviy usullarni qo‘llash borasidagi tashabbuskorli­gini oshirish maqsadida “Til - millat ko‘zgusi” mavzuida tanlov e’lon qilingan edi.
Mazkur tanlov o‘quvchilar o‘rtasida she’riyat yo‘na­lishida o‘tkazilib, unda viloyatdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari ona tilining boyligi, uning beqiyos imkoniyatlari, tilimizning sofligini asrash, uning ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlar tarannum etilgan she’rlar bilan ishtirok etishdi.
Natijalarga ko‘ra, o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan she’riyat yo‘nalishidagi tanlovda g‘oliblik To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 43-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Diyora Egamberdiyevaga nasib etdi. 2- va 3-o‘rinlarni Namangan shahridagi 27-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Gulhayo Hoshimova hamda Uychi tumanidagi 12-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Begoyim Hoshimboyeva qo‘lga kiritdilar.
1-o‘rinni egallagan iqtidorli o‘quvchi noutbuk bilan, 2-o‘rin sohibi planshet, faxrli 3-o‘rin egasi esa velosiped bilan taqdirlandi.
Viloyat xalq ta’limi boshqarmasida g‘olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirokchilar “Til bayrami” bilan muborakbod etilib, tashkilotchilar ularning ilm-ma’rifat yo‘lidagi izlanishlari, tilimiz ravnaqi va istiqboli yo‘lidagi faoliyatlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladilar.

Maftuna REJABBOYEVA