ONA TILIM - BARHAYOT TILIM

Donishmandlar “Til - dil kaliti” deb bejizga aytmaganlar. Hayotda har bir insonning qalbiga yo‘l topish vositasi til ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Modomiki, shunday ekan, ona tilini mukammal o‘rganmoqning foydasi nechog‘li katta ekanligi barchamizga ayondir. Til - insonlar o‘rtasidagi vosita hi­soblanadi. Ma’lumki, jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Shu nuqtai nazardan o‘z ona tili­ni mukammal o‘rganmay turib, uning o‘ziga hos jozibasini anglamay turib, boshqa tilni o‘rganishga, tushunishga harakat qilib bo‘lmaydi.
Hozirda dunyoda yuzlab tillar mavjud bo‘lsa-da, o‘zbek tili o‘zining betakorligi, mazmunliligi bilan ajralib turadi. U har birimizning ona, Vatan kabi muqaddas so‘zlarimizda barhayot yashaydi.

Dilnoza MO‘MINOVA,
Namangan tumanidagi 22-umumta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi