“SHO‘X BOLALAR” G‘OLIB

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar, tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan Namangan shahrining “Namcity”, Mingbuloq tumanining “Sho’x bolalar”, Norin tumanining “O’zbegim” jamoalari uchta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Shiddatli va murosasiz kechgan bahsda Mingbuloq tumanining ‘Sho’x bolalar’ jamoasi g‘olib, deb topildi hamda ko‘rik-tanlovning hududiy bosqichiga yo‘l oldi.
Tanlovning hududiy bosqichi noyabr oyida Andijon viloyatida bo‘lib o‘tadi, unda Namangan, Andijon, Farg‘ona viloyatlari jamoalari bellashadilar, g‘olib jamoa tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Ruxsora TOLIBJONOVA,
Chortoq tumanidagi 53-DIUM 11-sinf o‘quvchisi