Lochinlar bahsi

Unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol voyaga yetkazishda ham ma’nan, ham jismonan bilim ko‘nikmalarni puxta o‘rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Umumta’lim maktab­larida o‘quvchi-yoshlarni sportga muhabbatini oshi­rish va intilishla­rini rag‘batlantirishga qaratilgan bellashuvlar ana shu maqsadga qaratilgan. Kuni kecha ta’lim muassasamizda 10 – 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida uyushtirilgan “Lochinlar bahsi” sport musobaqasi ham ana shunday ezgu ishlarning amaldagi ifodasi bo‘ldi. Arqon tortish, turnikda tortilish, basketbol to‘pini savatga tashlab qaytish, sardorlar bahsi kabi bir-biridan qiziqarli shartlarni o‘z ichiga qamrab olgan bellashuv davomida o‘g‘il-qizlar sportga bo‘lgan ishtiyoqlarini namoyish etdilar. Yakunda esa do‘stlik g‘alaba qozondi. Jamoalar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Naqibjon TOJIBOYEV,
Kosonsoy tumanidagi 53-umumta’lim maktabining CHQBT rahbari