Maqollar

Aytar so‘zni ayt,
Aytmas so‘zdan qayt.
* * *
Anjom – uy ziynati,
So‘z – inson ziynati.
* * *
Ariqni suv bezar,
Odamni – so‘z.
* * *
Achchiq til – zahri ilon,
Chuchuk tilga – jon qurbon.
* * *
Bemorga shirin so‘z kerak,
Aqlsizga – ko‘z.
* * *
Bir shirin so‘z bitkazar,
Ming ko‘ngilning yarasin.
* * *
Bug‘doy noning bo‘lmasa ham,
Bug‘doy so‘zing bo‘lsin.
* * *
Gapning qisqasi – yaxshi,
Qisqasidan hissasi – yaxshi.
* * *
Do‘st orttiraman desang,
Shirin suhbat qil.
* * *
Yomonning tili bor,
Yaxshining – dili.
* * *
Iliq so‘z – shakar,
Sovuq so‘z – zahar.
* * *
Issiq kiyim tanni ilitar,
Issiq so‘z jonni ilitar.
* * *
Aytar so‘zni ayt,
Aytmas so‘zdan qayt.

Maqollarni Namangan tumanidagi 20-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi
Nigora MIRHOLOVA saraladi