Xatolarini tushunib yetishdi

Kichkinagina, ammo juda fayzli maktabda hamma sohada juda ilg‘or sinf bor ekan. Ularning to‘palonchilik borasidagi “ilg‘orliklari” doim sinf rahbarlarining dakki eshitishiga sabab bo‘larkan. Shunday paytlarda ustozlari o‘quvchilaridan ancha vaqtgacha ranjib yurarkan. Kunlarning birida sinf rahbarning tobi qochib qolibdi. Ammo to‘palonchi sinf vakillari buni payqa­mabdilar ham. Hamma o‘zining ishi bilan mashg‘ul bo‘lib, darsda ustoz yo‘q­ligiga ahamiyat bermabdilar. Ularning shovqinlari maktabning narigi tomonidagi xonalargacha borib yetibdi. Bundan xabar topgan direktorning o‘zi ular­ning sinfiga bostirib kirib kelibdi. Buni kutmagan o‘quvchilar birdan jimib qolibdilar. Shundagina ular sinfda ustozning yo‘qligi­ni bilibdilar. Direktor esa ularning bu tartibsizliklari uchun juda ko­yibdi.
Sizlarni barcha sohada yetakchi sifatida, maktabga namuna qilib ko‘rsatar ekanman, aslida siz to‘palon qilishdan boshqasini bilmas ekansiz. Shuning uchun ham sinf rahbaringiz betob bo‘lib qolgan. Bunday aqlsiz bolalarga ta’lim berishdan toliqqan, deya eshikni qattiq yopib chiqib ketibdi.
Bunday vaziyatni kutmagan bolalar darrov kelishib, gullar bilan sinf rahbarlarining uyiga borishibdi. Har birlari samimiy tilaklar aytib, mehribon ustozlariga salomatlik tilashibdi. Endi hech qachon sinfda shovqin solmaslikka, sho‘xlik qilmaslikka va’da berishibdi. Bularni eshitgan ustozning boshi ko‘kka yetibdi. Tez orada sog‘ayib, yana bilimdon o‘g‘il-qizlari bag‘riga qaytibdi.

Mushtariy ERGASHEVA,
Chust tumanidagi 45-umumta’lim maktabi­ning 10-sinf o‘quvchisi