XXI ASR VA XALQ O‘YINLARI

Mustaqillikka erishganimizdan beri yurtimizda ko‘plab o‘zgarishlar yuz berdi. Insoniyat ongi va tafakkuri yana bir pog‘onaga oshdi. Ayniqsa, odamzod ongidagi bu yuksalish elektron texnologiyalarni barcha jabhalarga kirib kelishi bilan yanada jadallashdi. Har bir soha uchun o‘ziga xos yengilliklar beruvchi turli xil yangiliklar paydo bo‘ldi. Shu bilan birga hozirgi kunda deyarli hamma bolalar biladigan kompyuter o‘yinlari paydo bo‘la boshladi. Boshqacha aytganda, elektron o‘yinlarning turlari haqida bolalarda ma’lumotlar yetarli. Bugun mahallada to‘planib chillak, besh tosh, quvlashmachoq, oq terakmi, ko‘k te­rak kabi xalq o‘yinlarini o‘ynayotgan bolalarga deyarli ko‘zingiz tushmaydi. Aslida bolalar kamolida birgalikda, bitta jamoa bo‘lib o‘ynalgan xalq o‘yinlarining ahamiyati juda katta. Bunday xalq o‘yinlari qadimdan bolalar o‘rtasida bir-biriga hurmat, mehr-oqibat, vatanparvarlik kabi insoniy tuyg‘ularni shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Keling, biroz bolalikka qaytib, uka-singillarimizga ana shunday o‘yinlar haqida o‘rgatsak.

Bekzod ERMURODOV,
Mingbuloq tumanidagi 17-umumta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi