Quyonvoyning sarguzashtlari

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Qadim zamonda bir quyoncha bo‘lgan ekan. U hamma havas qiladigan o‘rmonda do‘stlari bilan yasharkan. Biroq bunday yashash unga yoqmay qolibdi. Kunlarning birida u o‘rmondagi ayiq, olmaxon, tulkini yoniga chaqirib, boshqa joyga ketmoqchi ekanini aytibdi. Istaganlar men bilan ketishi mumkin, deb qo‘shib ham qo‘yibdi. Shunda havotirlangan ayiq, qo‘ysangchi, tinchgina shu yerda biz bilan birga qol, debdi erinibgina. Olmaxon esa do‘stidan ayrilgisi kelmay yig‘lab ham olibdi. Biroq qaysar quyoncha erta tongdan narsalarini yig‘ishtirib yo‘lga otlanibdi. O‘rmon ahli hammalari hafa bo‘lib qolishibdi. Shunday qilib quyoncha o‘rmondan anchagina uzoqlab ketibdi. Dastlabki kunlarda yonidagi ovqatlar bilan unchalik och qolmabdi. Begona o‘rmon yaqi­nida uni sher, bo‘ri va arslon kutib olibdilar. O‘z uyidan ketgan quyonchaga achinibdilar. Qish qirovli kunlar yaqinlashib quyoncha uysiz sovqota boshlabdi. Ohiri kasal bo‘lib qolibdi. Chidolmasdan o‘z o‘rmoniga qaytishga jazm qilibdi. Qor anchagina yog‘ib u yo‘lni topishga madori qolmabdi. Uyi yaqinida uni qadrdon do‘sti quyonoy topib olib, davolabdi. Tez orada oyoqqa turgan quyoncha hamma xatolarini tushunib yetibdi. Hech qachon o‘z uyini tashlab ketmaslikka ahd qilibdi.

Diyora PO‘LATOVA,
Chortoq tumanidagi 11-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi