Davlat bayrog‘i - faxri g‘ururim

Bayrog‘imiz qabul qilinganli­gining 28 yilligi munosabati bilan Namangan shahridagi barcha umumta’lim maktablarining 1-, 6-sinf o‘quv­chilari o‘rtasida rasmlar hamda 7-, 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Davlat bayrog‘i - mening bayrog‘im” shiori ostida insholar tanlovi tashkil etildi. Tanlovning maktab bosqichlarida 1139 nafar o‘g‘il-qizlar ishtirok etgan bo‘lsa, 143 nafar ishtirokchilar shahar bosqichida kuch sinashdilar. Mazkur bellashuvning taqdirlash marosimi Namangan shahridagi 11-bolalar musiqa va san’at maktabida ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Marosimda viloyatimiz mutasaddilari, viloyat hokimligi vakillari, Namangan shahar xalq ta’limi bo‘limi, yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mehmonali Salimovlar ishtirok etdilar. Insho yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Namangan shahridagi 31-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Maftuna Abduhalilova hamda rasmlar yo‘nalishi g‘olibi Namangan shahridagi 80-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Aziza Qo‘chqorovaga faxriy yorliq va kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.
Kecha o‘quvchilarning kuy-qo‘shiqlari bilan yanada qizg‘in tus oldi.

Maftuna REJABBOYEVA