Konstitutsiya - erkinligimiz kafolati

O‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular ongiga ezgu g‘oyalarni singdirish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirish, huquqiy ong va salohiyatini oshirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, kelajak avlodni qonunlarga itoat ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Konstitutsiya - erkinligimiz kafolati” shiori ostida o‘tkazilgan respublika ijodiy ishlar tanlovining viloyat bosqichi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Unda bellashuv­ning shahar-tuman bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, saralab olingan o‘quvchilar qatnashdilar. Ular “Konstitutsiya – erkinligimiz kafolati” mavzuida o‘z fikr-mulohazalarini insholari orqali bayon etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra 3-o‘rinni Namangan tumanidagi 7-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Dilshoda Musayeva qo‘lga kiritdi. 2-o‘ringa esa Kosonsoy tumanidagi 22-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Gulshoda Abdurahmonova loyiq topildi. Pop tumanidagi 11-DIMIning 8-sinf o‘quvchisi Humoyun Umarov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va musobaqaning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Sahnoza SHAROFITDINOVA,
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 6-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi