O‘n oltinchi olam

Fantastik hikoya

Men Sarvar va Jayron uyimizdagi eng to‘palonchilarmiz, desam isho­navering. Laylo bilan Xoliq shunaqangi yuvvoshki, hatto ularning mushuklari ham o‘zlariga o‘xshaydi. Miyovlashni bilmaydi. Qayerdan bilasan deysizmi? Bizni xonamiz naqd yettinchi bulutning ustida. Ular esa muallaq turuvchi uchar tarelkada yashashadi. Dadam bilan oyim bizni sho‘xliklarimiz uchun shunday mukofotlashgan. Bu esa menga juda yoqadi. Har kuni tongda filning xartumidagi suvda yuzimni yuvib, maymunzodalar taxt qilib qo‘ygan bananli dasturxonda nonushta qilaman. Keyin uch o‘rkachli tuyaga minib, maktabga uchib ketaman. U yerdagi eng yaqin do‘stlarimni sog‘i­naman. Ayniqsa, besh oyoqli kalamush. Bilmadimu nimaga u zebraday keladigan chumolidan ham bilimli. Ammo oq patli kiyik hammamizdan ham bilimli. U yana allaqanday sirlar haqida ham biladi. Aytishicha, o‘n oltinchi olamda xuddi bizlarga qiyofadosh bo‘lgan dumlari uzun jonzotlar yashashar ekan. Nahotki, u yerda menga o‘xshagani ham bo‘lsa. Bu haqda eshitgan kunimdan boshlab halovatim yo‘qolgan. Qariya burgutga maslahat solgandim, unda boraylik deb qoldi. Faqatgina aqlli oq patli kiyik rozi bo‘lmadi holos. Men, Sarvar, Jayron, oq tanli maymun, uch o‘rkachli tuya, zeb­raday do‘stim chumolilar bilan yo‘lga otlandik. Hammamiz shoshilib yegulik olishni unutibmiz. Tushlikda dengizning o‘rtasiga o‘tirib, shundoq baliqlardan olib-olib yeyaqoldik. Rosa qishga yetib keldik o‘ziyam o‘sha o‘n oltinchi olamga. U yerda quyosh, oy bitta katta xonani o‘zlariga mo‘jazgina qilib jihozlab olishgan ekan.Yomg‘ir sharsharaga qo‘shilib uhlab yotibdi. Hamma joy sokin. Ammo har qadamda g‘alati rangdagi gullar o‘sib yotibdi. Ularning o‘rtasiga yashirinib olgan marvaridlar gullardan ham go‘zal. Ulardan bir-ikkitasini ko‘rish uchun qo‘limni uzatsam gul gapga tushib ketdi. Yo‘q, yo‘q bu mening ko‘zlarim. Usiz men sizni ko‘rolmayman. Qilgan ishimdan juda hijolat bo‘lib ketdim. Aslida bu yerga nimaga kelganim ham esimdan chiqayozibdi. Bir payt shundoq ro‘paramdan o‘zim chiqib turibmanku. Faqat uzun dumim ham bor. Avvaliga qo‘rqib ketdim. Keyin o‘zim bilan do‘stlashishga qaror qildim. Atrofimdagilar­ning hammasi o‘zlarini topib, allaqachon suhbatga tushib ketishibdi. Eng ajoyibi bu yerda hammaning qiyofadoshi bor ekan. Hatto dadam va oyim Laylo va Xoliqning ham. O‘sha kuniyoq ortimga qaytdim. Ertaga tongda hammamiz yana o‘n oltinchi olamga sayohatga ketamiz.

Diyora MELIBOYEVA,
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 32-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi