Qorqizning kechikishi

Yangi yil kirib kelishiga atigi bir soat qolgan bo‘lsa ham mo‘jizalar mamlakatiga hali Qorbobo va Qorqiz yetib kelishmagandi. Ahir Laplandiya uzoq bo‘lsa, bir soatda ular, albatta, ulgurmasalar kerak. Mo‘jizalar mamlakatidagi hamma bolalarning qalbini havotir egallagandi. Eh, nahotki, bu Yangi yilni sovg‘alarsiz kutib olishsa. Baland-baland uylarning derazalaridan yaltillab turgan archaning o‘yinchoqlari ham xiralshganday edi ularning nazarida. Hech kimning ko‘ngliga kuy-qo‘shiq sig‘may qolgandi. Ahir, bayram qahramonlaridan hamon darak yo‘q. Soat esa huddi atay qilganday tinimsiz yurishda davom etardi. Shunchalar tez yurardiki, bir soniyadan keyin yangi yil kirib keladiganday.
Shu payt atrofni yaltiroq qor parchalari egalladi. Ular shu qadar chiroyli, shu qadar yorqin ediki, hatto qo‘lingga qo‘nganda erib ketmasdi. Birozdan keyin qalin qor ustiga dunyodagi eng go‘zal otlar, ularning orqasida qizil baxmalga o‘ralgan chana va Qorbobo paydo bo‘ldi. Biroq hamma kutgan Qorqiz ko‘rinmasdi. Qizaloqlar kutgan bayram qahramoni kelmagani ularni ranjitibdi. Qorbobo esa Qorqizni kechikishini aytibdi. Bolalar ancha xotirjam bo‘lishibdi. Yangi yil kirishiga atigi besh daqiqa qolganda boshlarida toj bilan Qorqizoy kirib kelibdi. Bayram hammaning qalbini xursandchilikka to‘ldiribdi. Hamma bolalarga sovg‘alar ulashi­libdi.

Hilola INOMOVA,
Chust tumanidagi 6-umumta’lim maktabining 10-sinf o’quvchisi