Besh tashabbus izdoshlari

Ilm maskanimiz chinakam iqtidorlar va iste’dodlarni jamlagan, desam sira adashmagan bo‘laman. Maktabimizning birinchi sinfidan to eng yuqori sinfiga qadar o‘z ustida muntazam ishlaydigan, tashabbuskor va jamoatchi o‘g‘il-qizlardir. Buning yaqqol isbotini kuni kucha 1-sinf o‘quvchilari bilan birga o‘tkazilgan “Biz Prezident farzandlari, besh tashabbus izdoshlari” shio­ri ostidagi tadbirda ham guvohi bo‘ldik. Jajji yuragiga Vatan mehrini joylab, o‘zining she’rlari, qo‘shiqlari orqali namoyish etgan uka-singillari­mizning chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi. Ular istiqlol bergan ulkan imkoniyatlarni o‘z ijodlari orqali tarannum etdilar.

Zahro ABDURASULOVA,
Namangan shahridagi 33-umumta’lim maktabining 8-“A”sinf o‘quvchisi