“Quvnoq startlar” o‘quvchilarni mahorat bobida tobladi

Namangan shahridagi 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Prezidentimizning 2019-yil 18-martdagi video­selektr yig‘ilishi 12-son bayoniga asosan o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etish, jamoa sifatida shakllantirish maqsadida 5 ta muhim tashabbusning 2-yo‘nalishi bo‘yicha “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida “Quvnoq startlar” musobaqasi o‘tkazildi.
Maktabning 5 - 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada “Qaldirg‘och”, “Lochin”, “Burgut” jamoalari epchillik, chaqqonlik, mahorat bobida kuch sinashdilar. Bellashuvlar jarayonida jismoniy tarbiya o‘qituv­chilari tomonidan tanlab olingan 10 ta o‘yin qamrab olindi.
42 nafar o‘quvchi ishtirokida qizg‘in kechgan musobaqada maktabning “Qaldirg‘och” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shavkat AHMEDOV,
“Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati namangan viloyati mintaqaviy bo‘limi rais o‘rinbosari