INNOVATSION TANLOV G‘OLIBLARI

24 – 25-dekabr kunlari Navoiy shahrida Xalq ta’limi vazirligining “Yilning eng yaxshi dasturchisi” va “Kashfiyotchi bolalar” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlovlar natijalari­ga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi dasturchisi” tanlovida faxrli 1-o‘rinni Namangan shahridagi 5-umumta’lim mak­tabining 11-sinf o‘quvchisi Kamronbek Rasulov, 2-o‘rinni Kosonsoy tumanidagi 5-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Shuhratjon Abdumajidov egallashdi.
“Kashfiyotchi bolalar” tanlovida esa mutlaq g‘oliblik To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 55-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Fayzullo Abdulazizovga, 2-o‘rin Uychi tumanidagi 6-umumta’lim maktabi­ning 9-sinf o‘quvchisi Dovudxon Turg‘unpo‘latovga nasib etgan bo‘lsa, Kosonsoy tumanidagi 5-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Ruslan Izmailov nominatsiya bilan taqdirlandilar.

Isroil YUSUPOV