Marvarid qor

O‘sha yili o‘rmon atrofidagi qishloqlarga qish qattiq kelibdi. Atrofdagi daraxtlar qorga burkanibdi. Ammo bu qor har yilgi qorlardan farqli katta-katta marvarid misol yog‘ibdi. Qishloqdagilar bundan juda hayratga tushibdilar. Buning sirini anchagacha bilishga qiziqibdilar. Tuni bilan o‘rmonni o‘zgacha go‘zalikka oshufta etgan qorni ko‘rgan kishi uni qo‘liga olib, uzoq tikilib qolar, hatto uni san’at asariday juda avaylab ushlar ekan. Ko‘chadagi bolalar yasagan qorbola va qorqizlar ham tunda o‘zidan shu qadar g‘aroyib yorug‘lik taratar ekanki, butun o‘rmon ichi va qishloq tongga qadar nurafshonlikka chulg‘anarkan. Ana shunday kunlarning birida o‘rmon ichiga bitta qanotli qiz kirib kelibdi. Shundoq bir aylanib, hamma tomonga marvarid qor sepibdi. Uning qanotlaridan yog‘ilayotgan qor, oy shu’lasida har doimgidan ham jozibali ko‘rinibdi. Ammo bu voqeani faqatgina yuragida ezgulik mujassam bo‘lganlar ko‘ra olibdilar holos. Shafaq yorishib, borliq uyg‘ongandan so‘ng tundagi voqeani ko‘rganlar boshqalarga yanayam bo‘rttirib so‘zlab beribdilar. O‘shandan buyon o‘rmon va qishloqdagilar faqat yaxshi niyat qilish kerakligini bilgan ekanlar.

Madinabonu HASANOVA,
Namangan shahridagi 18-umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi