“Bayrog‘imiz – faxrimiz” shiori ostidagi tadbirlarda 300 ming nafar o‘quvchi qatnashdi

viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridagi 705 ta umumta’lim maktabida “Bayrog‘imiz - faxrimiz” shiori ostidagi tadbirlar zo‘r ko‘tarinkilik bilan o‘tkazildi.
Prezidentmizning besh muhim tashabbusi asosida Oliy Majlis Senati hamda Respublika Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar, shuningdek, Xalq ta’limi vazirligining 2019-yil 24-dekabrdagi xatiga asosan tashkil etilgan tadbirlar o‘quv­chilar o‘rtasida Davlatimiz bayrog‘iga nisbatan hurmat-e’tibor, e’zoz va ehtirom, faxr tuyg‘ularini shakllanti­rish, ularda vatanparvarlik xislatlarini ro‘yobga chiqa­rishga qaratilgani bilan ahamiyatli. 298694 nafar 5 – 11-sinf o‘quvchilari qamrab olingan tashubbus, shuningdek, ular­ning ma’naviy dunyosini boyitish, qalbida ezgulik, insonparvarlik fazilatlarini kamol topti­rish, yoshlar qalbidagi ma’naviy tahdidlarga nisbatan sog‘lom immunitetni mustahkamlash, qiziqishlari va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy faolligini ­oshirishni ham o‘zida mujassam etdi.
Kelajagimiz egalaridagi ilmu iqtidor, yuksak intellektual salohiyat bilan yurtimiz va jahon maydonlarida Davlatimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishga bo‘lgan ishtiyoqni oshirish orqali vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish ko‘zda tutilgan tadbir o‘quv­chilardagi ilm-fan sirlarini mukammal egallash, sport va san’at borasida mahoratlarini oshirgan holda yuksak cho‘qqilarni zabt etish, baland marralar sari in­tilish ishtiyoqini yuksaltirdi.
Barcha maktablarda milliy iftixorimiz va g‘ururimiz ramzi bo‘lgan Davlat bayrog‘i ko‘tarildi.
Ahamiyatlisi, ushbu tadbir shu bilan to‘xtab qolmaydi.
Balki uni yil davomida haftaning har dushanba kuni o‘tkazish belgilab olindi.

Maftuna REJABBOYEVA