Mahorat bahsi

“Harbiy vatanparvarlik oyligi” doirasidagi sport musoba­qalaridan biri Norin tumanida tashkil etildi. Sportning voleybol turi bo‘yicha tumandagi 4-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan bahslarda tumandagi 4-, 7-, 10-, 11-, 18-, 25-, 34-, 44-umumta’lim maktablarining 184 nafar 8 – 11-sinf o‘quvchilari g‘oliblik uchun bellashdilar.
Tuman hokimligi, tuman jismoniy tarbiya va sport, xalq ta’limi, mudofa ishlari bo‘limlari, yoshlar ittifoqi tuman Kengashi mutasaddilari yoshlarini qutlug‘ sana bilan muborakbod etib, ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyatlar tiladilar.
Bellashuv yakuniga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar tashkilot­chilarning esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandilar.

Elyor ABDULVOHIDOV