Sport - salomatlik garovi

Vatanga sadoqat, ona yurtni sevib-ardoqlash, muqaddas zamin sarhadlarini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, kelajagimiz egalarini vatanparvarlik ruhida jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, komil insonlar qilib tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar ozod yurt odimlari, mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimining qudrati va salohiyati bilan uyg‘unlik kasb etayotgani e’tiborga molik.
Viloyat hokimligining tadbirlar rejasiga asosan yugu­rish bo‘yicha o‘tkazilgan marafon ana shunday tadbirlardan biri bo‘ldi. Namangan shahridagi Islom Karimov va “G‘irvonsoy” ko‘chasi kesishmasidan “Uch favvora” majmuasigacha bo‘lgan masofani qamrab olgan marafonda 1500 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Ahamiyatlisi, musobaqa ishtirokchilarining 200 nafardan zi­yodi umumtalim maktablari­ning o‘quvchilari va o‘qituvchilaridir.
Qizg‘in kurashlar, keskin va murosasiz bahslar bilan epchillik, tezkorlik, chaqqonlik namo­yishi sifatida o‘tgan marafon g‘oliblari safidan Chust tumanidagi 3-umumta’lim maktabi­ning 5-sinf o‘quv­chisi Maftuna Ahmedova hamda 49-umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi Husanboy Tohirov ham o‘rin egalladi.
Barcha g‘olib va sovrindorlar viloyat hokimining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlan­dilar.

Yorqinoy ISMONJONOVA