“Kitoblar karvoni” ziyoga chorlov

Prezidentimiz 2019-yilning 28-fev­ral – 2-mart kunlari viloyatimizga tashrifi chog‘ida Namanganni kitob­xon viloyatga aylantirish tashabbusini ilgari surgan edi.
Davlatimiz rahbarining mazkur tashabbusi asosida viloyat bo‘ylab aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy barkamol, ilmu tafakkurli, ezgu insoniy fazilatlarga oshno ulg‘aytirish maqsadida kitob va kitob­xonlik targ‘iboti tobora keng ko‘lam va qamrov kasb etmoqda.
Jahon va o‘zbek adabiyotining nodir namunalarini keng kitobxonlar ommasiga yet­kazish, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarda mutolaaga bo‘lgan ishtiyoqni yanada oshirish maq­sadida o‘tkazilgan dast­labki “Kitoblar karvoni” aksiyasida 539 ming dona kitob viloyatning barcha shahar va tumanlaridagi umumta’lim maktab­lariga yetkazilgan edi. Kuni kecha mazkur tashabbus yana keng quloch yozdi. Bu galgi “Kitoblar karvoni” aksiyasida jami 90 mingdan ziyod 85 nomdagi badiiy adabiyotlar shahar va tumanlar xalq ta’limi bo‘limlariga yetkazildi. “Kitoblar karvoni” orqali o‘quvchilar qo‘liga yetib borayotgan mazkur durdona asarlar farzandlari­miz qalbiga ilmu ziyo ulashib, ularni tafakkurning yuksak cho‘qqilariga yetaklashga xizmat qiladi.

Chamanoy ISROILOVA