O‘zgaruvchan tosh

Bir kuni har doimgidek dadam menga oqshom payti ertak aytgani oldimga kirdilar va har doimgidan ham ajoyib ertak aytib berdilar. Bu ertak o‘zgaruvchan tosh haqida edi. Ertakdagi bu tosh juda ham antiqa bo‘lib, u faqatgina yaxshi odamning tilaklarini ro‘yobga chiqarar ekan.
Ertalab o‘rnimdan turdim-da, o‘zimning oldimga bir maqsad qo‘ydim. Men ertalab kech tu­rishimni, vazifalarni vaqtida bajarmasligimni hamma-hammasini tashlayman. Shu kundan boshlab erta tongda turib badantarbiya qiladigan, ota-onamning gaplari­ga quloq soladigan, maktabda ham darslarga faol qatnashadigan bo‘ldim.
Kunlarning birida yana oqshom paytida dadam xonamga kirdilar.
- Senga bir haqiqatni aytsam, bu yaxshi xislatlaringni to‘xtatmaysanmi? - dedilar. Men o‘rnimdan shartta turib:
- Yo‘q, hech qachon, - dedim. Dadam:
- Unda eshit, faqat hafa bo‘lish yo‘q-a? - dedilar. Dadamga qarab:
- Yo‘q, chin so‘zim! - dedim.
- Sehrli tosh yo‘q, bo‘lmagan narsa, - dedilar. Men o‘yla­nib qoldim, lekin hafa bo‘lma­dim. Negaki, men yaxshi tarafga o‘zgarganimdan xursand edim.

Dostonbek ABDUG‘AFFOROV,
Mingbuloq tumanidagi 9-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi