Rossiyadan bronza medali bilan

Sport yurtning dovrug‘ini dunyoga tanitishda katta o‘ringa ega. Yaqinda Rossiya Fede­ratsiyasi Anapa shahrida «Kik-boksing» bo‘yicha 10-Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada O’zbekiston delegatsiyasi tarkibida viloyatimizning 5 nafar sportchi yoshlari qatnashdi.
Namangan tumanidagi 8-maktabning 3-«A» sinf o‘quvchisi Mubosher Mahamadov ulardan biri.
- Mazkur xalqaro bellashuv meni navbatdagi yutuqlarimga debocha bo‘ladi deb, - o‘ylayman. - Dunyoning 20 dan ortiq davlatidan kelgan tengdoshlarim bilan do‘stlashish barobarida ularning yutuqlari va maqsadlari bilan o‘rtoqlashdim.

Yorqinoy USMONOVA,
shu maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi