Takrorlashdan tinmaymiz

Aziz tengdoshim. Siz ona tili fanini qay darajada o‘zlashtiryapsiz? O‘tilgan mavzularning barchasi yodingizda bormi? Keling, siz bilan birgalikda ayrim mavzular bo‘yicha qisqacha, ammo qiziqarli takrorlash mashqini bajarib ko‘ramiz.
1. Gap bo‘laklari nechaga bo‘linadi?
2. Kesim qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
3. Kim, nima, qayer? so‘roqlariga javob bo‘uvchi gap bo‘lagi qanday nomlanadi?
4. “Men Nargizaga kitob sotib oldim”. Mazkur gapda ikkinchi darajali bo‘laklarning qay biri ishtirok etgan?
5. To‘ldiruvchi hokim bo‘lakka qanday vositalar orqali bog‘lanadi?
6. “Qirda alvonrang lolalar ochilib turibdi”. Ushbu gapdagi aniqlovchini toping.
7. Ikki kishining nutqi qanday nomlanadi?
8. So‘z turkumlari bo‘limi fanda qanday ata­ladi?
9. Gaplarni ifoda maqsadiga ko‘ra turlari necha qismga bo‘linadi?
10. Punktuatsiya ni­ma?

Oydina ABDUSATTAROVA,
Namangan shahridagi 82-umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi