Yaxshilik

Chekka qishloqlardan birida bir bolakay bo‘lib, maktabdan keyin yo‘l haqi ishlab topish uchun eshikma-eshik yurib arzon mollar sotar edi. Shunday kunlar­ning birida u kun davomida faqatgina ertangi kun uchungina pul topa olganini o‘yladi. Ammo uning qorni judayam och edi. Navbatdagi eshikni taqillatib, u yerdan biroz yegulik so‘ramoqchi bo‘ldi. Eshikni ochgan ayol unga mehr bilan tikilib turganini ko‘rib, ko‘ngli yo­rishdi. Bolakayning yegulik olish uchun puli yo‘qligini payqagan ayol, unga katta shisha idishda sut olib chiqdi. Yigitcha sutning ta’midan rohatlanib, uni sipqordi.
- Sizdan qancha qarzdor bo‘ldim, - so‘radi iymanib bolakay.
- Hech qancha, - javob qaytardi ayol. “Onam yaxshilik uchun to‘lov olma, deb o‘rgatganlar”.
- Sizdan juda minnatdorman.
Bolakay ayoldan uzoqlashar ekan, mehribon insonlarning borligidan quvonchi ichiga sig‘masdi.
Yillar o‘tib, mehribon ayol bemor bo‘lib yotib qoldi. Mahalliy shifokorlar uni rivojlangan shahar shifoxonasiga yuborishdi. U yerda esa o‘sha bir vaqtlar qiynalgan bolakay eng yaxshi shifokor sifatida tanilgan edi. Be­mor ayolning xonasiga kirgan shifokor uni darrov tanidi.
Ayolning salomatligi bilan shaxsan o‘zi shug‘ullandi. Muolajalar yaxshi samara berib, ayol tez orada sog‘ayib ketdi. Shifokor ayolning to‘lovlari yozilgan qog‘ozchaning bir chetiga “Bir shisha sut bilan hisob to‘liq to‘langan”, deb yozib qo‘ygan va keyingi bemorlarini davolash uchun jo‘nab ketgan edi.

Ingliz tilidan NamDU Ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi 4-bosqich talabasi
Zulfiyabegim QODIROVA tarjimasi.