Havas

Yurtboshimiz tashabbuslari bilan yurtimizning barcha hududlarida tashkil etiladigan prezident maktablari haqida eshitganimdayoq yuragimda ana shunday ko‘rkam, jahon andozlari asosida jihozlangan ilm maskanida tahsil olish ishtiyoqi kurtak yozgandi. Kirish imtihonlarining dastlabki bosqichidayoq men kabi yuzlab o‘g‘il-qizlarning bir maqsad yo‘lidagi intilishlaridan quvongan edim. Hozirda eng saralangan, bilimli va tashabbuskor tengdoshlarimiz ana shu maktabning o‘quvchilari. Biroq bir narsa aniqki, bilim makon, zamon, muhit tanlamaydi. Biz qayerda bo‘lmasin izlansak, o‘qisak, o‘rgansak demak muvaffaqiyat biz bilan.

Sayyora BOZOROVA,
Namangan shahridagi 52-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi