Gulliver bilan sayohatga otlandim

Hafta kunlarining har birini o‘ziga yarasha o‘rni bor. Hamma tengdoshlarimga yakshanba yoqadi. Ulardan farqli ravishda men juma kunini intiqlik bilan kutaman. Shu kuni sinf rahbarimiz Saida Jo‘rayeva bilan bir-biridan qiziqar­li o‘yinlar o‘ynaymiz, o‘qigan kitoblarimizni tahlil qilamiz, eng muhimi ibratli hikoyalardan bahramand bo‘lamiz.
Ertaklar, hikoyalar va sarguzasht asarlarni qiziqish va ishtiyoq bilan mutolaa qilaman. O‘qiganlarim orasida Xudyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib”, G‘afur G‘ulomning “Shum bola” va eng muhimi Jonatan Svifitning “Gulliverning sayohatlari” asarlari menda juda katta taassurot qoldirgan. Har gal shu asarni qaytadan varaqlaganimda qahramonim bilan uzoq o‘lkalarga sayohatga chiqaman. Uning zavqi shuurimga singib ketadi. Yana bir bor anglayman kitobning qanchalik mo‘jiza ekanini. O‘zbek xalq ertaklari orasida “Saxiy bilan Baxil”, “9 dangasa”, “Zumrad va Qimmat”, “Bilimlilik kaliti” kabi ertaklarni uyda ukala­rimga ham so‘zlab beraman. Ular ham ertaklar orqali kitobga mehr qo‘yishlarini istayman.

Mohinur MAMATXANOVA,
Uychi tumanidagi 16-umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi