Mutafakkir ijodi o‘quvchilar tasavvurida

Buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiyning betakror ma’naviy me’rosi­ni chuqur o‘rganish har bir o‘g‘il-qiz uchun haqiqiy bilimlar olamini kashf etadi. Kelajak egalarining ma’naviy kamolotida Navoiy lirikasining ahamiyati katta. Bugun har bir ilm maskanida ulug‘ zot tavalludining 579 yilligi keng nishonlanmoq­da. 2796 nafar o‘quvchi-yoshlarni o‘z bag‘riga olgan Namangan shahridagi 49-DIUMda ham mazkur sana munosabati bilan “We are learning Navoi” mavzuida ingliz hamda rus tillarida adabiy kecha tashkil etildi. Muyassar Azi­mova rahbarlik qilayotgan “Ingliz tili bilimdonlari” to‘garagining 50 dan ziyod faol a’zolari hamda 9-“G” sinfining tashabbuskor va izlanuvchan o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur kechada Navoiy ijodi­ga oid eng sara g‘azal va ruboiylar, musaddaslar yod aytildi. Namoyish etilgan sahna ko‘ri­nishlarda Navoiy ijodining serqirraligi, jozibadorligi va o‘ziga xosligi o‘z ifodasini topdi.

Maftuna REJABBOYEVA