Nazm va navo kechalari

G‘azal mulki­ning sultoni Navoiy tavalludining 579 yilligi munosabati bilan Uychi tumanidagi 20-umumta’lim maktabida “Barhayot siymo” mavzuida tadbir tashkil etildi. Unda besh yuz nafardan zi­yod o‘quvchi-yoshlar ijodkor asarlari xususida bilimlarga ega bo‘ldilar.
Ana shunday tadbirlar To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 17-DIMIda “Yetti sayyoh qissasi” shiori ostida tashkil etildi. Unda ta’lim maskanimizning 8-, 9-, 10-sinf o‘quvchi­laridan iborat jamoasi faol ishtirok etdi. Navoiyning “Sabbai-sayyor” dostoni asosida Shoh Bahrom, Dilorom, vazirlar, yetti musofir, malika obrazlari o‘g‘il-qizlarimiz tomonidan mahorat bilan ijro etildi.

O‘z muxbirimiz