Raqamli texnologiyalar sari

Ilm maskanlarida matematika fanini sevmaydigan, mashg‘ulotlardan bo‘sh paytlarida raqam­li texnologiyalar haqida bahslashmaydigan o‘g‘il-qizlar topilmasa kerak. Namangan shahridagi 71-umumta’lim maktabida ham mazkur fanni o‘zlashtirishda o‘quvchilarning ishtiyoqi baland. Yaqindagina Norin hamda Uchqo‘rg‘on tumanlari o‘quvchilari maktabimizda mehmon bo‘ldilar. Matematika fani oyligi munosabati bilan “Raqamlar siri” shiori ostida mental arifmetika bo‘yicha do‘stlik bellashuvini o‘tkaz­dik. Unda jami 50 nafardan ziyod 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar kuch sinashdilar. Har bir ishtirokchi berilgan masalalar bo‘yicha o‘z bilim-ko‘nikmasini namoyish etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra barcha yosh toifalaridan 18 nafar o‘quvchi g‘oliblar qatoridan joy oldilar.

Adham VASIYEV,
Shu maktabning matematika fani o‘qituvchisi