Ekologiya bilan yangi g‘oyalar sari

Tabiat menga ajoyib ijod olamini kashf etishimda mo‘jizalar tuhfa etadi. Har tong quyosh chiqishi, yomg‘ir, qor, yulduzlar bilan suhbat qurish asnosida yangidan-yangi ijodiy ishlarimni yarataman. Ayniqsa, gullarning ochilishini kuzatish menga yangi g‘oyalar beradi. Shundan keyin o‘ziga xos yangilik qila ola­man. Maktabimizda “Mohir qo‘llar” to‘garagi orqali o‘rganganlarim asosida bir qator tanlovlarda faol qatnashib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdim. Hozirga qadar ijodiy ishlarim, yasagan buyumlarim 100 dan oshgan bo‘lishiga qaramay yanada ko‘proq manzaralar yaratishga harakat qilyapman. Bunday san’at asarini tabiatdagi har xil barglar, gullar, archa mevalari, loviya, mosh, urug‘, mayda toshchalardan foydalanib yasayman. Shuning uchun tabiatga judayam e’tiborliman. Qush uylari, ajabto­vur kovakchalarni ana shu ijodiy ishimga joylashga harakat qilaman.

Mubina TURG‘UNBOYEVA,
Norin tumanidagi 14-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi