O‘zbekistonni 18 marta zabt etdim

Sportning boks turi bilan 6 yoshimdan buyon shug‘ullanaman. Bu davr menga ham o‘qishdagi bilimlarni egallashda, ham sog‘lom, kuchli bo‘lishimda katta ahamiyat kasb etdi. Ustozim Furqat Amanboyevdan boks sir-asrorlarini astoydil o‘rganyapman. So‘nggi yillarda jami 22 ta katta musobaqalarda ishtirok etdim va 18 marta O‘zbekiston chempioni bo‘ldim. Kelajakda mazkur intilishlarimni jahon maydonlarida yuksak g‘alabalarni qo‘lga kiritish bilan namoyon etmoqchiman.

Afzalbek ABDURAHIMOV,
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 35-umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi