Sehrli mo‘yqalam

Rouz ismli qizcha bo‘lib, u gul chizishni yaxshi ko‘rardi. U juda kambag‘al edi. Rasm chizgani ruchka va qalamlari yo‘q edi. Shu tufayli tayoq bilan qumga rasm chizardi. Bir kuni Rouz nogahon bir kampirga ro‘baro‘ keldi.
«Salom! - dedi kampir, - rasm chizishga qiziqasanmi?
- Ha, - deya javob berdi qizaloq.
- Kampir qizaloqqa mo‘yqalam va rasm chizish uchun qog‘ozlar berib ketdi.
Rouz bu sovg‘alardan juda xursand bo‘ldi. U juda baxtiyor edi. «Nimani bo‘yashim mumkin?» deb o‘yladi u. «Bilaman! O‘rdak­ni bo‘yab qo‘yaman!» To‘satdan, o‘rdak qog‘ozdan hovuzga uchib ketdi. - Voy! - dedi u ajabla­nib. «Sehrli mo‘yqalam ekan-ku». Rouz juda mehribon qiz edi va u o‘z qishlog‘idagi hamma uchun rasmlar chizib berdi. U dehqon uchun sigir, o‘qituvchi uchun qalam va barcha bolalar uchun o‘yinchoqlar chizib berdi. Rouz yashaydigan yurtning podshohi sehrli mo‘yqalam haqida eshitib, Rouzni topishga askar yubordi. Askar uni topib, - Men bilan yuring, - dedi. - Podshoh unga pul chizib berishingizni istaydi. - «U allaqachon boy bo‘lib bo‘lgan-ku», dedi Rouz. - Men faqat qiynalganlarga yordam berish uchun rasm chizaman deb javob qay­tardi. Ammo askar Rouzni shohning oldiga majburan olib bordi. Podshoh Rouz­ga juda ko‘p puli bo‘lgan daraxt­ni chizishni buyurdi. Ammo Rouz jasurlik bilan podshohga yo‘q deb aytdi. Bundan podshohning jahli chiqib, Rouzni zindonga tashlashni buyurdi. Ammo Rouz uning qochib ketishiga yordam beradigan eshikning kaliti va otni chizdi va qamoqdan qochib ketdi. Podshoh uning ortidan quvdi. Keyin, Rouz katta teshikni va dog‘ni chizdi! Qirol u yerga tushib ketdi. Xullas, qizchaning niyati pok edi. Bugungi kunda Rouz chindan ham yordamga muhtoj bo‘lgan odamlarga yordam berish uchun sehrli mo‘yqalamdan foydalanadi.

Ingliz tilidan NamDU ingliz tili filologiyasi fakulteti 4-bosqich
talabasi Gavharxon DADABOYEVA tarjimasi