SHOH va SHOIR

Shoh va shoir, buyuk sarkarda, davlat va jamoat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi diyorimiz bo‘ylab keng nishonlandi.
Sana munosabati bilan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga binoan viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridagi umumta’lim maktablarida “Bobur – shoh va shoir” mavzusida tadbirlar, 5-, 6-, 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Bobur g‘azallari shaydosiman” mavzuida ifodali o‘qish tanlovi, 8 – 9-sinf o‘quv­chilari o‘rtasida Bobur g‘azallari asosida bahru bayt kechalari tashkil etildi.
Namangan shahridagi 24-umumta’lim maktabida ham ana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga uyg‘un tarzda buyuk mutafakkir hayoti va ijodini o‘rganishga bag‘ishlangan seminar va ochiq darslar, “Bobur asarlari bilimdonlari” mavzuida ijodiy bahs va mushoiralar tashkil etildi.
O‘quvchi-yoshlar tomonidan ijro etilgan g‘azal va ruboiy­lar, kuy-qo‘shiqlar, raqslar, namoyish qilingan sahna ko‘ri­nishlarida buyuk mutafakkirga e’zozu ehtirom o‘z ifodasini topdi.
Boburxonlik kechalari kelajagimiz egalari qalbidagi klassik adabiyotimizga bo‘lgan mehr va ishtiyoqni yanada yuksaltirdi.

Maftuna REJABBOYEVA