Nazm va navo bayrami

Ta’lim dargohimiz tumanimizdagi eng faol va tashabbuskor o‘quv­chi-yoshlarni o‘z bag‘riga olgan, desam also adashmagan bo‘laman. Kuni kecha 1664 nafar o‘g‘il-qizni o‘z bag‘riga olgan maktabimizda “She’riyat-qalb navosi” shiori ostida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Adabiy kechada muassasamizning 150 dan ziyod ijodkor, iste’dod sohiblari qatnashdilar. Viloyatimizning ko‘zga ko‘ringan ijodkorlari Nosir Abbos, Ruqiya G‘oziyeva, Gulchehra Zokirovalar ishtirokidagi adabiy uchrashuv davomida iqtidorli o‘quvchilarimiz “Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali­ning viloyat bosqichida qatnashgan 5-sinf o‘quvchilari Shahzoda Rustamjonova, Nodira Ahmadjonovalar o‘zlarining qo‘shiq va raqslarini mehmonlarga tuhfa etdilar. Tadbir davomida o‘zimizni qiziqtirgan barcha savollarga javob oldik. Kecha she’rxonlik bayramiga aylanib ketdi.

Sherzod OLIMOV,
Uychi tumanidagi 6-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi