Buyuklar haqida bilganlarimiz

Jahon adabiyot va ma’naviyiyati xazinasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur ijodini qancha ko‘p o‘rgansak, jamiyat taraqqiyotida tutgan katta o‘rni va xalqimiz hayotidagi beqiyos ahamiyatini teranroq ang­lab boramiz.
Sinf rahbarlari Gulmira Otajanova, Gavharoy Mamajonova, Gulshanoy Asilbekovalar sa’y-harakati bilan ilm maskanimizdagi barcha 4-sinflar ishtirokida bobolari­mizning hayot va ijod yo‘li, boy adabiy merosini ko‘rsatib beruvchi ajoyib adabiy kecha o‘tkazdik. “Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik” shio­ri ostida o‘tkazilgan tadbirda bobolarimizning g‘azal va rubo­iylari, hikmatli so‘zlari va asarlari asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etdik. Qo‘shiqlar va sinfdosh qizlari­miz ijrosidagi raqslar esa kechamizga fayz bag‘ishladi.

Temurbek YUNUSALIYEV,
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 30-umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi