Ajoyib tuhfa

Mehr, e’tibor va g‘amxo‘rlik inson qalbiga nur va ziyo bag‘ishlovchi ezgu qadriyatlardan. Ana shunday ezgulikka uyg‘un azaliy urf-odatlar va qadriyatlar asosida yurtimizning bugungi odimlarida yuksak insonparvarlik tobora keng qamrov va miqyos kasb etib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Admins­tratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agent­ligi tomonidan “Ko‘ngil ko‘zi” loyihasi doirasida butun mamlakatimiz bo‘ylab xayrli tadbirlar, savobga yo‘g‘rilgan sa’y-harakatlar amalga ­oshirib kelinmoqda. Yaqindagina respublikamizdagi barcha maxsus maktab-internatlarga, xususan, Kosonsoy tumanidagi ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar maktab-internatiga ham kitob­lar jamlanmasi, orgtexnika jihozlari, zamonaviy musiqa va sport anjomlari, shirinliklardan iborat sovg‘alar jamlanmasi tuhfa etilgan edi. “Sovg‘alar karvoni” bolalar qalbiga quvonch va munavvarlik baxsh etgan edi.
Ana shu xayrli tashab­busning uzviy davomi sifatida loyiha doirasida Kosonsoy tumanidagi mazkur maktab-internatga 10 nomdagi jami 118 dona eng sara va nodir adabiyotlardan iborat Brayl alifbosidagi kitoblar jamlanmasi topshirildi. O‘quvchi-yoshlar ilmu ziyo manbai bo‘lgan kitoblarni quvonchu shodliklar bilan qabul qilib oldi­lar.

Chamanoy ISROILOVA