Tarixga sayohat

Viloyatimiz hokimi­ning umumta’lim maktablari o‘quv­chilari o‘rtasida “Ko‘hna Turon – qadim Turkiston, ona yurtim, jon O‘zbekiston!” mavzuida yurtimiz tarixini o‘rganishga qaratilgan ko‘rik-tanlov o‘tkazish to‘g‘risida Farmoyishi qabul qilindi.
Unga muvofiq viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining viloyat Kengashi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi­ning viloyat bo‘limi hamkorligidagi ko‘rik-tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi.
Birinchi – maktablar bosqichi viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridagi umumta’lim maktablarining 5 – 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida joriy yilning 1-martiga qadar o‘tadi. Ikkinchi - shahar va tumanlar bosqichini 20-martga qadar, yakuniy uchinchi – viloyat bosqichni esa, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 684 yilligi munosabati bilan 9-aprel kuni o‘tkazish belgilangan.
Ahamiyatlisi, tanlovning viloyat bosqichi g‘oliblari munosib taqdirlanish barobarida ularning yurtimizning tarixiy shaharlariga sayohatlari uyushtiriladi.

O‘z muxbirimiz