Bilimdonlar bahsi

Namangan shahridagi 1-davlat ixtisoslashtirilgan maktab-interna­t­da matematika hamda informatika fanlaridan viloyatdagi 20 ta davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internat­larining 9-,10-, 11-sinf o‘quv­chilari ishtirokida fan olimpiadasi tashkil etildi. Jami 63 nafar o‘quvchi ishtirokida o‘tgan bahslarda Namangan Davlat Universitetining professorlari, fizika-matematika fan­lari doktori Muzaffar Rahmatullayev hamda Rustamjon Hakimov ishtirok etdi. Bizning aqliy salohiyatimiz, matematika va informatika borasidagi bilimlarimizni adolatli va shaffof sinovdan o‘tkazilishi har tomonlama nazorat qilindi. Bellashuv davomida olimpiada nizomi asosida yozma ish va test sinovlarini bajardik. Har bir sinf uchun shakl­lantirilgan hakamlar hay’ati men kabi bo‘lajak matematiklarning ishtirokini kuzatib bordilar. Fizika-matematika fanlari nomzodi Muhammadjon Rahmatullayev xotirasiga bag‘ishlangan mazkur turnir yakunida 10 nafar eng kuchli ishtirokchi g‘olib deb topildi va xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi jamoa sifatida shakllantirildi.

Jamshid NURMUHAMMEDOV,
Namangan shahridagi 1-DIMIning 9-sinf o‘quvchisi