Ozodbek Hindistonda g‘alaba qozondi

Yosh avlodni har tomonlama yuksak ma’naviyatli, jismonan baquvvat bo‘lishida sportning ahamiyati katta. Zotan, “Sport - salomatlik garovi”, - deya bejizga aytilmagan. Namangan tumanidagi 13-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Ozodbek Mingboyev ana shunday sportsevar o‘quvchilardan. Yaqindagina u Hindistonda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada muvaffaqityatli ishtirok etib qaytdi. Dunyoning 9 davlatidan kelgan 250 dan ziyod tengdoshlari orasida 35 kilogramm vazn toifasi bo‘yicha kuch sinashdi. O‘z ustida muntazam shug‘ullanadigan, tirishqoq va intiluvchan, jismonan baquvvat Ozodbek raqiblarini aqli hamda jismonan yetukligi bilan yengdi va o‘z vazni toifasida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Bundan avval qahramonimiz 1 karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan.

Malohat G‘ANIYEVA