Bolalar uchun eng sara kitoblar

Inson yaxshilikni yomonlikdan, go‘zallik­ni vaxshilikdan, olijanoblikni-nomardlikdan, muhabbatni esa nafratdan ajrata olishni kitob orqali o‘rganadi. U ezgulik, sahovat kabi tu­shunchalar bilan o‘z ichki dunyosini boyitib boradi. Bolaligimizdan alla tinglab, buvijonlari­miz ertaklari bilan hayotni sevib barcha pok va ezgu niyatlarimizni saqlab kelganmiz. Barcha buyuk allomalar o‘z buyukliklariga kitob orqali erishishgan, chunki kitob inson tafakkurini uyg‘unlashtiradi, his-tuyg‘ularini shakllantiradi, kitobdagi eng yaxshi xislatlarni bizga singdirish hamda o‘quv yili davomida o‘quvchilar bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Chortoq tumanidagi 53-DIUMning 3-“B” sinfida yaxshi an’ana tashkil etilgan. Unga ko‘ra o‘zbek va jahon adabiyoti­ning eng sara bolalar uchun mo‘ljallangan 10 ta asarini tanlangan va shu asarlarni birinchi bo‘lib yil davomida o‘qib tugatgan o‘quvchilarni ajo­yib tuhfa kutadi. Qu­yida bolalar uchun qiziqarli bo‘lgan 10 ta kitob nomini keltiramiz.
Aziz o‘quvchi, mazkur asarlarni siz ham, albatta, mutolaa qiling va bilimlaringizni boyiting.
1. Xudoyberdi To‘xtaboyev “Sariq devni minib”.
2. Aziz Nesin “G‘aroyib bolalar”.
3. G‘afur G‘ulom “Shum bola”.
4. Roald Dal “Charli va shokolad fabrikasi”.
5. Anvar Obidjon “Juda qiziq voqea”.
6. Redyard Kipling “Maugli”.
7. Dilshod Rajab “Qorqiz sovg‘a keltirdi”.
8. Daniyel Defo “Robinzon Kruzoning sarguzashtlari”.
9. Tursunboy Adashboyev “Saylanma”.
10. Sa’dullo Quronov “Galaktikada bir kun”.

Dilfuza XOLDOROVA,
Chortoq tumanidagi 53-DIUM boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi