Hassos shoiraga ehtirom

Bahor yasharish va yangilanish fasli, go‘zallik va nafosat ayyomi. Borliqni ko‘rku tarovatga burkab, qutlug‘ ayyomlar, ezgulik shodiyonalariga qanot baxsh etib keluvchi bahor adabiyot va ma’naviyat tantanalariga, xalqimizning ulug‘ va ardoq­li shoiru adiblari tavallud sanalariga boyligi bilan ham ahamiyatli.
Xususan, ko‘klamning ilk kuni hassos shoira, bahor va Vatan, ezgulik va nafosat kuychisi Zulfiyaxonim taval­lud sanasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, adabiy-badiiy kechalar bilan boshlandi.
Viloyatimizning barcha shaharu tumanlaridagi umumta’lim maktablari hamda maktabdan tashqari muassasalarida ham Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy anjumanlar keng quloch yoz­moqda.
1992 nafar o‘g‘il-qiz ta’lim olayotgan Namangan shahridagi 52-umumta’lim maktabida ham yasharish fasli arafasida Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan besh muhim tashabbus bilan hamohang o‘tkazilgan ma’naviyat kechasi “Ta­shabbus ila yuksalar inson” deya nomlandi.
200 dan ziyod o‘quvchi ishtirok etgan tadbirda ilm maskanida faoliyat olib borayotgan 72 ta fan va sport to‘garagi o‘quvchilarining ko‘rgazmalari va chiqishlari namoyish etildi. Quvonarlisi shundaki, to‘garaklarda faol ishtirok etayotgan o‘quv­chilarning 15 nafari joriy yilda o‘tkazilgan fan olim­piadalarida yuqori natijalarni qo‘lga kiritdilar.
Kelajak egalarining shoira ijodiga oid chiqishlari, mushoiralar, sahna ko‘rinishlari barchada iliq taassurot qoldirdi.

O‘z muxbirimiz