Bahor keldi seni so‘roqlab

Yurtimizda bahor fasli ko‘tarinki ruhda qarshi olinadi. Sababi bahorning ilk kunlarida ardoqli shoira, bahor kuychisi, xalqimizning suyukli farzandi va jamoat arbobi Zulfiyaxonim tavallud topgan. Namangan shahridagi 59-umumta’lim maktabida ham bahorning ilk kuni iliq va ko‘tarinkilik bilan kutib olindi.
Maktabning 8-sinf o‘quvchilari tomonidan Zulfiya Isroilova tavalludiga bag‘ishlab “Bahor keldi seni so‘roqlab” nomli tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida she’riyatga oshufta o‘quvchilar otashnafas shoira she’rlari, betakror ijodini tarannum etdilar. Shoiraning hayoti va serqirra ilod yo‘li aks etgan sahna ko‘rinishlari ijro etildi. Tadbirda bahor, go‘zallik va ezgulik tarannumi baralla yangradi.

Dilnoza MIRZAAKBAROVA,
Namangan shahridagi 59-umumta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi