Onalar uchun

Dunyoda gullarni sevmaydigan ona, ayol bo‘lmasa kerak. Ayniqsa, rang-barang ochilib turadigan xushbo‘y nastarinlar, atirgullaru, namozshomgullar… Mening oyim ham gullarni juda-juda yaxshi ko‘radilar. Tumanimizdagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida fan to‘garaklaridan tashqari o‘yinchoq­lar yasash, to‘qish, bichish-tikishni ham o‘rganyapmiz. Yaqindagina tengdoshlarim bilan rangli qog‘ozlardan ajoyib gul yasashni o‘rgandik. Men ham onajonim uchun ana shunday go‘zal guldastani o‘z qo‘lim bilan yasadim. Endi mana shunday gullarni siz ham yasab, tuhfa qilishingiz mumkin, aziz tengdoshim.

Mushtariy ODILJONOVA,
Chust tumanidagi 1-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi