Bayram uchun betakror sovg‘alar

8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayramiga dunyo bo‘yicha kitoblar eng ajoyib sovg‘a bo‘lib qolmoqda. Ularni xaridorlar eng so‘nggi daqiqalarda sotib olishadi. Ma’lumot­larga qaraganda, kitob bayram uchun sovg‘a tayyorlashga ulgurmagan kishilarga qo‘l keladi. 7-mart kuni kitob internet-do‘konlaridagi xaridlar soni keskin oshib ketadi. 8-mart kuni ba’zi do‘konlarda savdo hajmi 4 martagacha ham oshishi mumkin.
Shuningdek, kino, teatr, ko‘rgazma kabi ko‘ngilochar tadbirlar ham ommabop bo‘lib, u yerga chiptalar uchun talab o‘rtacha 5 marta ortadi.
Bayramni uydan tashqarida nishonla­moqchi bo‘lganlar mart oyining boshidayoq temir yo‘l chiptalarini xarid qiladi. Bu ularga bo‘lgan talabning 10 – 20 foizga oshishiga olib keladi.
An’anaviy sovg‘alarni afzal biluvchilar gul sotib olishadi. 8-mart arafasida bunday buyurtmalar 3 - 10 marta ko‘payadi. Bunday paytda xaridorlar gullarga 4-martdan boshlab buyurtma beradi.

Ruhshona TURDIMATOVA,
Mingbuloq tumanidagi 17-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi